Azarning «eski kasali» yana xuruj qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

«Real Madrid»ning belgiyalikAzar yarimhimoyachisi Eden Azar yana jarohat bilan bog'liq muammoga duch kelmoqda.
Marca xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi mushaklaridagi noqulaylik tufayli Belgiya terma jamoasi bazasini muddatidan oldin tark etdi.
Hozirgi vaqtda o'yinchi umumiy guruhdagi mashg'ulotlarida qatnashmayapti. U shaxsiy reabilitatsiya jarayonlarini boshdan o'tkazmoqda.
Endi Azarning 19 oktyabr, seshanba kuni Kievda bo'lib o'tadigan «Shaxtyor» bilan Chempionlar ligasining 3-tur uchrashuvida ishtirok etishi so'roq ostida qolgan.
Taxminlarga ko'ra, Karlo Anchelotti Azarni saqlab qolish niyatida, shunda u «el-klassiko»ga yaxshiroq tayyorgarlik ko'rishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
309