"Tottenxem"ning ikki futbolchisi koronavirusga chalindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 122

"Tottenxem"ning ikki futbolchisida so'nggi 24 soat davomida koronavirus aniqlandi, deya xabar beradi Angliyaning "Sky Sports" nashri. Manba futbolchilarning orasida aniq kim kasallik yuqtirganiga oydinlik kiritmagan.
Ma'lum bo'lishicha, har ikki futbolchi payshanba kuni jamoa bilan mashg'ulot o'tkazgan. Endi ular qoidalarga ko'ra, 10 kunga o'zlarini izolyatsiya qilishlari kerak. Shunday qilib, bu futbolchilar Premer-ligada "Nyukasl" va "Vest Xem" bilan, shuningdek, Konferentsiyalar-ligasida "Vitess" bilan o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Eslatib o'tamiz, Angliya chempionatining 8-turidan o'rin olgan "Nyukasl" - "Tottenxem" uchrashuvi 17 oktyabr Toshkent vaqti bilan 20:30da boshlanadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172