UEFA millatlar ligasi finalida Mbappe tomonidan urilgan golga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

UEFA hakamlar qo'mitasi raisi Roberto Rozetti Ispaniya va Frantsiya terma jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan Millatlar ligasi finalida Mbappe tomonidan urilgan gol borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Antoni Teylor mavjud qoidalar asosida to'g'ri qaror qabul qildi. Futbolchi (ispaniyalik himoyachi Erik Garsiya) to'pga o'ynash maqsadida o'yinga aralashdi, uning raqibi (Kilian Mbappe) esa o'yinga aralashmadi.
Ammo ushbu vaziyat shuni ko'rsatadiki, ushbu qoidaning bunday talqin qilinishi o'yin ruhiyatiga zid hisoblanadi. Axir ofsayd holatida turgan o'yinchi undan manfaat olmoqda. Ushbu qoidaning talqin qilinishini o'zgartirish kerak. Men bu borada FIFA va IFABdagi hamkasblarim bilan gaplashdim. IFABning navbatdagi texnik ekspertlari yig'ilishida buni muhokama qilamiz", — dedi Rozetti.
Eslatib o'tamiz, Ispaniya — Frantsiya uchrashuvining 80-daqiqasida Mbappe tomonidan urilgan golni hakamlar inobatga olishdi. Ushbu qaror ko'pgina muhokamalarni keltirib chiqardi. Uzatma berilayotgan paytda frantsiyalik futbolchi ofsaydda edi, ammo himoyachi Erik Garsiya to'pni qaytarish maqsadida to'pga biroz tegindi, ammo to'p yo'nalishi deyarli o'zgarmadi. To'pni egallab olgan Mbappe darvozani ishg'ol qildi.

Bosh sahifaga
364