UEFA «MYu» futbolchisining EChLdagi diskvalifikatsiyasini qisqartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 112

UEFA "Manchester Yunayted" himoyachisi Aaron Van-Bissakaning Chempionlar ligasidagi diskvalifikatsiyasini bitta o'yinga qisqartirdi.
Angliyalik futbolchi "Yang Boyz"ga qarshi bahsda qo'pol o'yini uchun to'g'ridan-to'g'ri maydondan chetlatilgandi. UEFA esa o'yindan keyin uni 2ta o'yinga chetlatish haqida qaror chiqargandi. "MYu" esa apellyatsiya bergach, UEFA ishni qayta ko'rib chiqdi va jazo muddatini bitta uchrashuvga qisqartirdi.
Aaron "Vilyareal"ga qarshi bahsni o'tkazib yuborib, diskvalifikatsiya muddatini o'tab bo'ldi. Shu bois, u 20 oktyabr kuni bo'ladigan "Atalanta"ga qarshi o'yinda ishtirok etishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
336