Superliga. AGMK 5 ta gol urilgan o'yinda «Mash'al»dan ustun keldi,«Nasaf»da kichik hisobdagi g'alaba
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

O'zbekiston Superligasining 22-turidan o'rin olgan dastlabki ikki o'yin 15 oktyabr, juma kuni bo'lib o'tdi.
AGMK va «Mash'al» o'rtasidagi uchrashuvda mehmonlar birinchi bo'lib hisobni ochdi. 8-daqiqada Samyuel Ononivu Chigozi raqib darvozasini ishg'ol qildi. Oradan 4 daqiqa o'tib, Sanjar Tursunov penaltidan unumli foydalanib hisobni tenglashtirdi. 17-daqiqada Mirjamol Qosimov mezbonlarni oldinga olib chiquvchi gol muallifiga aylandi.
Ikkinchi bo'limda Abbosjon Otaxonov AGMKning 3-golini urdi. 86-daqiqada Sirojiddin Qo'ziev penaltini golga aylantirdi. Ammo bu gol «Mash'al»ga hisobni tenglashtirish uchun ham etarli bo'lmadi.
Uchrashuvdan so'ng AGMK 40 ochko bilan 2-o'ringa ko'tarilib oldi. «Mash'al» esa 18 ochko bilan 11-o'rinda bormoqda.
Qarshida bo'lib o'tgan uchrashuvda «Nasaf» Umar Eshmurodovning goli evaziga «Metallurg» ustidan g'alaba qozondi. Qayd etib o'tish joiz, «Metallurg» ikkinchi bo'limni bir kishi kam bo'lib o'tkazdi. 47-daqiqada Xudoyshukur Sattorov ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi. Uchrashuvning oxirgi daqiqalarida bosh hakam«Nasaf» darvozasi tomon penalti belgiladi. Ammo «Metallurg» futbolchisi Ibrohim Ibragimov o'z imkoniyatidan foydalana olmadi.
22-turdagi g'alabadan so'ng «Nasaf» 39 ochko jamg'ardi va bitta o'yin kam o'tkazgan holda 3-o'rinni egallab turibdi. «Metallurg» 19 ochko bilan 10-o'rinda qoldi.
Superliga, 22-tur
15 oktyabr, juma
AGMK — «Mash'al» 3:2
Gollar: 0:1 — 8 Chigozi, 1:1 — 12 Tursunov (penalti), 2:1 — 17 Qosimov, 3:1 — 51 Otaxonov, 3:2 — 86 Qo'ziev (penalti).
AGMK: 35. Valijon Rahimov, 2. Akromjon Komilov, 4. Mirjamol Qosimov (23. Yovan Jokich, 76), 7.Sardor Rahmonov, 10. Husniddin G'ofurov (20. Mirg'iyos Sulaymonov, 90+4), 15. Abbosjon Otaxonov, 17. Sanjar Tursunov, 18. Aleksandr Kasyan (27. Martin Boake, 76), 22. Sanjar Shoahmedov (8. Bobur Yo'ldoshev, 88), 28. Shohruh Gadoev (11. Murodjon Toshmatov, 76), 77. Dilshod Ahmadaliev.
«Mash'al»: 35. Doston To'xtaboev, 5. Najmiddin Normurodov, 7. Ifeani Ifeani, 9. Oybek Nurmatov (22. Sirojiddin Qo'ziev, 81), 10. Godvin Okvara Chika (99. Jahongirbek Abdusalomov, 81), 11. Samyuel Ononivu Chigozi, 13. Shahzod Shaymanov (97. Ruslan Xojiev, 64), 15. Muhammadali Aliqulov, 17. Jamoliddin Ubaydullaev, 18. Abbos Shodmonov (19. Qahramon Bahodirov, 57), 27. Muhammadali Yo'ldoshev (77. Ibrohim No'monov, 57).
Ogohlantirishlar: Aliqulov (11), Okvara Chika (26), Shodmonov (35), Qosimov (62), Nurmatov (73).
«Nasaf» — «Metallurg» 1:0
Gol: 1:0 — 12 Eshmurodov.
«Nasaf»: 1. Umidjon Ergashev, 5. G'olib G'aybullaev, 7. Doniyor Narzullaev (20. Suxrob Nurulloev, 69), 8. Dilshod Saitov (4. Husniddin Aliqulov,69), 18. Bahrom Abdurahimov ( 99. Andriya Kaluderovich 61), 19. Husayn Norchaev (50. Shohmalik Komilov, 81), 22. Akmal Mozgovoy, 34. Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoevich (70. Abubakr Rizo Turdaliev, 81), 92. Umar Eshmurodov.
«Metallurg»: 1. Akmal Tursunboev, 4. Odil Abdumajidov, 6. Xudoyshukur Sattorov, 8. Salamat Qutiboev (9. Mahmudjon Qudratillaev, 57) , 22. Shahzod G'ofurbekov, 28. Stanislav Andreev, 30. Ibrohim Ibragimov, 48. Dilshod Rahmatullaev (70. Muhammad Isaev, 57), 55. Akbar Ismatullaev (90. Abdurahmon Abdulhaqov 57), 80. Farrux Ibrohimov, 98. Damir Temirov (7. Ruslan Roziev,71).
Ogohlantirishlar: Sattorov (43), Abdurahimov (51), Isaev (66).
Chetlatish: Sattorov (47).

Bosh sahifaga
337