"Chelsi"ning ikki futbolchisi "Brentford"ga qarshi o'yinda qatnashmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

"Chelsi" bosh murabbiyi Tomas Tuxel APL 8-turidan o'rin olgan "Brentford"ga qarshi o'yini oldidan jamoaning jarohat olgan futbolchilari haqida gapirdi.
"Ryudiger o'yinda qatnashmaydi, u terma jamoada safida jarohat orttirib oldi. Pulishich hali tuzalmagan, bundan tashqari biz bilan oxirgi ikki mashg'ulotda boshida og'riq sezgan Hakim Ziesh ham maydonga tushushi aniq emas. Aftidan, u ertaga biz bilan bo'lmaydi. Lukakuda barchasi yaxshi, u barcha mashg'ulotlarda ko'ngildagidek qatnashdi", - deya Tuxel so'zlaridan iqtibos keltiradi "GOAL" nashri.
Eslatib o'tamiz, "Brentford" - "Chelsi" uchrashuvi 16-oktyabr Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
229