Oksana Chusovitina jahon kubogining final bosqichiga yo'l oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 936
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Ozarbayjonning Boku shahrida sport gimnastikasi bo'yicha jahon kubogining navbatdagi bosqich bellashuvlari bo'lib o'tmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan hamyurtimiz Oksana Chusovitina o'zi sevgan tayanib sakrash dasturida kvalifikatsiyadan muvaffaqiyatli o'ta oldi.
Vakilamizning chiqishini hakamlar 14,166 ball bilan baholadilar. Musobaqaning ushbu yo'nalishi bo'yicha final bahslari ertaga bo'lib o'tadi. Eslatib o'tamiz, jahon kubogining ushbu bosqichi Tokio Olimpiadasiga litsenziya berishi bilan yanada ahamiyatli. Bo'lajak bellashuvda yurtdoshimizga omad tilab qolamiz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!