Pedri shartnomasini uzaytirgandan so'ng nimalar dedi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 121

"Barselona" yarim himoyachisi Pedri klub bilan yangi shartnoma imzolanganiga izoh berdi.
"Umid qilamanki, bu erda yana ko'p yillar qolaman. "Barselona" - dunyoning eng yaxshi klubi va biz yana yuqoriga ko'tarilamiz", - dedi futbolchi "Mundo Deportivo" nashriga.
Yarim himoyachi shartnomasidagi 1 milliard evro tovon puli haqida ham gapirdi.
"Bu shuni ko'rsatadiki, klub menga ishonadi. Men jamoaga ko'p narsani berishni chin dildan xohlayman. Men uchun shartnoma muddati va loyiha tovon pulidan ko'ra muhimroq", - dedi u.
Eslatib o'tamiz, 18 yoshli ispaniyalik futbolchi Kataloniya klubi bilan 2026 yilgacha shartnoma imzoladi. Yangi shartnoma bo'yicha unga kompensatsiya miqdori 1 milliard evroni tashkil qiladi.
Bu mavsumda yarim himoyachi La ligada 2 ta o'yin o'tkazdi va samarali harakatlar amalga oshirmadi.
Manba: Sport-Express.ru
Bosh sahifaga
181