Sambo: ikki nafar hamyurtimiz jahon chempioni, yana besh nafar sportchimiz sovrindorga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 67
Xabar berganimizdek, bugun Gretsiyaning Saloniki shahrida sambo bo'yicha yoshlar va o'smirlar o'rtasida Jahon chempionatiga start berildi.
Musobaqaning dastlabki kungi bellashuvlarida jami 7 nafar hamyurtimiz g'oliblik uchun gilamga chiqishdi va quvonarlisi, ularning barchasi yakunda shohsupaga ko'tarildi. Jumladan, yakuniga etgan bugungi bellashuvlarda o'smirlardan Egambergan Iskandarov (-53 kg) hamda Gulhayo Jo'raeva (-50 kg) oltin medalga sazovor bo'lishdi. Yana bir hamyurtimiz E'zoza Abdumo'minova esa (-47 kg) vazn toifasida kumush medal sohibasiga aylandi.
Yana to'rt nafar sambochimiz esa bronza medaliga ega chiqishdi. Bular:
-64 kg: Bexruz Omonov (o'smirlar),
-54 kg: Shaxzoda Azatova (qizlar),
-98 kg: Murod Erkinov (yoshlar),
+98 kg: Dilrux Asliddinov (yoshlar).