«Sherif» futbolchisi: «Imkonsiz narsa yo'qligini allaqachon isbotlaganmiz»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
«Sherif» futbolchisi Sebastyan Till «Inter» bilan o'yindan oldin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Jamoa UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqich 3-turida Italiyaga safar qiladi.
«Saralash o'yinlari biz uchun katta maktab bo'ldi. Ko'plab qiyinchiliklarga duch kelyapmiz, raqiblar bizga nisbatan jiddiy munosabatda bo'lishmoqda.
«Real» va «Inter» kabi jamoalar sening taktikangni avvaldan o'qishadi. «Inter» taktik jihatdan juda kuchli, biz A Seriya g'olibi bilan to'qnash kelamiz.
3-5-2 taktik sxemasiga qarshilik ko'rsatish qiyin. Bu juda qiyin bo'ladi, lekin biz imkonsiz narsa yo'qligini allaqachon isbotlaganmiz», - deydi Till.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!