Jota: «Liverpul» bilan sovrin yutishni istayman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 125

«Liverpul» vingeri Diogo Jota o'z ambitsiyalari haqida gapirdi. Portugaliyalik futbolchi ko'p gol urishni va sovrinlar yutishni istashini ta'kidladi.
«O'tgan mavsumda men yaxshi harakat qilgandim, lekin jarohatlar menga to'sqinlik qildi. Men bu mavsumda jarohat olmaslikni xohlayman. Men ko'proq gol urish niyatidaman, «Liverpul»ning g'alabasiga yordam beraman. Men sovrinlar yutmoqchiman. Faoliyatim davomida yuqori cho'qqilarni zabt etish niyatidaman», - deya futbolchining so'zlarini keltiradi mersisaydliklarning matbuot xizmati.
Joriy mavsumda Angliya Premer-ligasida 24 yoshli portugaliyalik 7 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
375