Diyor Imomxo'jaev «Odil junior» haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 116

"Odil junior" jamoasi nima sababdan O'zbekiston U-14 va U-16 chempionatlariga taklif etilgani endi barchaga tushunarli bo'lsa kerak.
Maktab 2017 yildan faoliyatini boshladi. O'tgan davr mobaynida qator musobaqalar tashkil etildi va selektsiya ishlari olib borildi. E'tibor berilsa, jamoa safida turli viloyatlardan futbolchilar jam bo'lgan va ular natija ko'rsatishga erishdi.
Bizga bu jihat Superliga va Pro liganing ayrim klublariga o'rnak o'rnida ko'rsatish uchun ham kerak edi. Ayrim klublar 20 yillar davomida davlatdan pul oldi va tuzukroq futbol maktabiga asos solmadi. Shuning o'ziyoq kimning qaysi yo'lda ekani, qanday ishlayotgani va futbolga qarashlari qanday ekanini yaqqol ko'rsatadi.
O'quvchilarimiz orasida farzand tarbiya qilayotganlari etarlicha. Ular o'zi kiyinmaydi, bolasini kiyintiradi. O'z og'riqlari bilan emas, farzandlarining salomatligi bilan yashaydi. O'zi yaxshi emasligi mumkin, ammo topganini farzandiga edirishga harakat qiladi. Qiynalib bo'lsa-da, bolalarini yaxshi joyda o'qitishga intiladi, biror molini sotib yoki yaqinidan qarz olib bo'lsa-da, shartnoma pulini to'laydi. Har bir yosh toifasidagi har bir yosh futbolchi ham o'sha klubning bolasidir. Va siz klublarning o'z bolalariga e'tibori haqida yaxshi bilasiz. Faqat o'z jig'ildoni haqida o'ylaydiganlarga katta uyat. Ular futbolning eng johil kishilaridir.
Diyor Imomxo'jaev.

Bosh sahifaga
189