"Samba" iste'dodlari. Braziliyalik "Oltin to'p" sohiblari haqida
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 175

Braziliya yillar davomida o'z futboli va bu futboldan chiqqan talantlari bilan butun dunyoga yaxshi tanish bulib kelgan. Bu mamlakatda hozirgacha naq to'rtta(!) "Oltin to'p" sazovarlari mavjud. Albatta, bu ajablanarli hol emas. Garchand eng so'nggi sohib o'z sovrinini 2007 yilda qo'lga kiritgan bo'lsa ham, ungacha braziliyaliklar dunyoni 5 martalab zabt etib qo'ygan edi. Quyida ushbu futbolchilarni yana bir marta yodga solamiz.
1. Kaka

Kaka Lionel Messi hamda Krishtianu Ronaldu erasi boshlanishidan ilgari "Oltin to'p"ga ega chiqqan so'nggi boshqa va braziliyalik futbolchi bo'lgan. U bu sovringa yuqorida aytilganiday, 2007 yilda mavsum yakunlariga ko'ra loyiq ko'rilgan. Braziliyalik hujumchini "Milan"ning 2007 yildagi EChL g'olibligida katta hissasi bor edi. U o'sha paytda endi etishib kelayotgan Ronaldu va Messidan oldin eng favorit o'yinchi sifatida ko'rilardi. Kaka "Oltin to'p"ni olgach, shunday degandi: "Bu yili Chempionlar ligasini ham yutdik. Men uchun mavsum kutilmagan va esda qolarli bo'ldi. Men bu sovrinni olganim va shu erda turganim uchun Yaratgandan behad minnatdorman. Bu e'tibor ajoyib o'tgan yilni chiroyli xotimaga to'ldirdi. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat". Kaka davri mana shu paytlardan boshlab pasayish tomon keta boshlaydi.
2. Ronaldino

Kakadan ilgari Ronaldino bu sovrinni olgan oxirgi braziliyalik edi. U "Oltin to'p"ga 2005 yilda loyiq ko'riladi. U o'sha davrda bu uchun Angliya chempionligini qo'lga kiritgan Frenk Lempard hamda Chempionlar ligasi g'olibi Stiven Jerarrd bilan raqobat qilgan. Yakunda esa Ronaldino g'alaba qozongandi. O'sha yil "sehrgar" uchun yaxshi kechadi. Negaki, u "Oltin to'p"dan ilgari FIFAning "dunyoning eng yaxshi futbolchisi" va FIFproning "eng yaxshi hujumchi" sovrinlariga loyiq ko'riladi.
3. Ronaldo

"Il Fenomeno" uch xil yo'nalishda sovrin yutgan dunyodagi yagona o'yichi edi. U dastlab, 1996 yilda, bor-yo'g'i 20 yoshida FIFAning "Yil futbolchisi" deb topiladi. U bu sovrinni qo'lga kiritgan dunyodagi eng yosh o'yinchi. Keyinchalik esa "Real"ga kelgan paytlaridan boshlab ikkinchi "Oltin to'p"ni va uchinchi yil o'yinchisi unvonini oladi. Uning faoliyati Madrid klubida ajoyib kechgan.
4. Rivaldo

Chapaqay braziliyalik o'z faoliyatini o'z yurtida, "Palmeiras" jamoasida boshlaydi. U erdan ko'p o'tmay, La liga klubi "Deportivo" safiga yo'l oladi. Ispaniyada o'zini ko'rsata olgan hujumchi 1997 yilda "Barselona" bilan shartnoma imzolaydi. Uning o'yindagi salohiyati, driblingi, hujumkor qobiliyati raqiblarni osonlik bilan dog'da qoldirishini ta'minlar edi. Rivaldo kataloniyaliklar safida sensatsion futbolchiga aylanadi. 1999 yilda esa, mos ravishda "Oltin to'p"ga ega chiqadi.
Braziliya – bu Braziliya! Undan ne-ne buyuklar etishib chiqqan va yana qanchasi etishib chiqadi. Hozir ham dunyo futbolida ularning o'rni va ta'siri sezilib turibdi. "Yangi Dunyo"da futbol vataniga aylangan tuproqdan futbol uchun buyuk siymolar qadriyati ustunlik qilmoqda. Hayotiy falsafasi futbol ustiga qurilgan o'yinchilar esa, doimo mehnatiga yarasha taqdirlanib kelgan.
ingliz tilidan Jaloliddin ISMATOV tarjimasi

Bosh sahifaga
230