"Milan" darvozaboni jarohati haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 119

"Milan" darvozaboni Mayk Menyan operatsiyadan so'ng muxlislarga murojaat qildi. 26 yoshli frantsuz futbolchisi chap bilagidagi muammolar tufayli 10 hafta maydonga tusha olmadi.
"Chap qo'lim shikastlangan, havodagi kurashlar men uchun xavfli bo'lardi, shuning uchun jarohatimni davolashga qaror qildim. Xabarlaringiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun barchangizga rahmat, men kuchliroq bo'lib qaytaman", - deb yozdi Menyan o'z tvitter sahifasida.
Eslatib o'tamiz, futbolchi o'tgan yozda "Lill" safidan "Milan"ga ko'chib o'tgan edi. U Italiya klubi uchun 9ta o'yinda ishtirok etdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
236