«PSJ» qancha maosh taklif qilmasin, Mbappe yangi shartnomaga rozi bo'lmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 163

Hujumchi Kilian Mbappe «PSJ»ni tark etib, «Real»ga o'tish borasida qat'iy qaror qabul qilib bo'ldi.
Frantsiyalik futbolchi "Pari Sen-Jermen" qancha maosh taklif qilmasin jamoa bilan shartnomani uzaytirmaydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
«Mbappe yakuniy qarorga keldi. Pul uning qaroriga ta'sir ko'rsatmaydi. «PSJ» dunyodagi barcha oltinlarni taqdim etsa ham futbolchi yangi shartnoma imzolamaydi. U allaqachon bir qarorga kelib bo'lgan va uni bu fikrdan hech kim qaytara olmaydi. U Madridda muvaffaqiyatga erishishni istaydi.
Kilian 30 iyun sanasigacha kutadi va o'sha kuni o'z orzusini amalga oshiradi», – deya ma'lumot berdi "As".
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
246