"Manchester Siti" himoyachisi safga qaytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

"Manchester Siti" Angliya chempionatining 8-turida "Bernli"ga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotlarni davom ettirmoqda. Bugun Ukraina terma jamoasi himoyachisi Aleksandr Zinchenko jarohatidan tuzalib, umumiy guruhda mashg'ulotlarni boshladi, deya xabar beradi klub matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, 24 yoshli futbolchi chempionat 5-turida "Sautgempton" bilan o'yin oldidan jarohat olgan edi. Oyoq mushaklarini shikastlab olgan futbolchi Ukraina terma jamoasining oktyabr oyida Finlyandiya va Bosniya va Gertsegovinaga qarshi o'yinlarida maydonga tushmadi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
228