"Atletiko" muzokaralarda davom etmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 106
Italiyalik jurnalist Matteo Moretto o'z tvitterida "Atletiko" futbolchilar bilan yangi shartnomalar haqida muzokara olib bormoqda deya xabar berdi.
Manbaning xabariga ko'ra, yarim himoyachi Toma Lemar jamoada qoladi. U yangi shartnoma imzolaydi. Darvozabon Yan Oblak bilan esa muzokaralar davom etmoqda. Posbon bilan kelishuvga erishish uchun ko'proq vaqt kerak bo'lishi talab etiladi.
Eslatib o'tamiz, har ikki futbolchining shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. 28 yoshli Oblak joriy mavsum "Atletiko" safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol o'tkazib yubordi va 4 quruq o'yin o'tkazdi. 25 yoshli Lemar hisobida 7 o'yin, 2ta gol va 2 golli uzatma bor.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!