Sterlingning maqsadi aniq
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109
"Manchester Siti" hujumchisi Rahim Sterling Angliyadan tashqarida o'ynashni xohlashini aytdi.
"Futbol - men uchun eng muhim narsa, shuningdek o'z oldimga qo'ygan vazifalarim va orzularim bor bu chet elda o'ynash. Ingliz sifatida men faqat Premer-ligani bilaman va men har doim bir kuni legioner bo'lib o'ynab, qiyinchiliklarni qanday engishimni ko'rishni istayman", - dedi hujumchi "Sky Sports" telekanaliga.
Eslatib o'tamiz, 26 yoshli futbolchining "Man Siti" bilan shartnomasi 2023 yilda yakuniga etadi. Joriy mavsumda u jamoa safida 10ta o'yinda maydonga tushib, 1 gol va 1ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!