Xurshid Tojiboev: «Mavsumga tayyorgarligimiz ko'ngildagidek bo'lmadi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 89
Futzal bo'yicha Oliy liga 1-turining 6-kungi bahslari doirasida kechgan «Dinamo» hamda «Navbahor» jamoalari o'rtasidagi uchrashuv (2:1)dan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Xurshid Tojiboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Dinamo» yosh futzalchilardan tashkil topgan, asosan qarshi hujumda o'ynaydigan jamoa ekanligini bilar edik.
Yo'l qo'yilgan xatolarimiz bois, gollar o'tkazib yubordik. Bo'sh darvozaga ham gol kirita olmagan holat kuzatildi. Mavsumga tayyorgarligimiz ko'ngildagidek bo'lmadi, deb o'ylayman», — deydi murabbiy.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!