«Liverpul» futbolchisini ortga qaytarishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 192

«Barselona» hujumchisi Filippe Koutino Angliyaga qaytishi mumkin.
Goal.com xabariga ko'ra, kataloniyaliklar qishda 29 yoshli braziliyalik futbolchi bilan xayrlashmoqchi.
Ayni dam «Liverpul» hujumchini qaytarish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda. Bu masala yaqin oylarda hal qilinishi kerak.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Koutino to'rtta uchrashuvda ishtirok etdi, lekin hech qanday samarali harakatlarni amalga oshira olmadi.
Eslatib o'tamiz, Koutino allaqachon «Liverpul»da 2013 yildan 2018 yilgacha ham faoliyat yuritgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
186