Bruno Fernandesh Ronaldu rekordlari haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 152

"MYu" futbolchisi klub va terma jamoadagi hamrohi Krishtianu Ronaldu rekordlari haqida fikr bildirdi. "Mirror" nashri uning so'zlaridan iqtibos keltiradi:
"Bu oddiy holga aylandi. U rekordlarni yangilashni yaxshi ko'radi. U bir gal menga ajoyib gap aytgandi. U rekordlar ortidan quvmasligini, aksincha, rekordlar uning ortidan yurishini bildirgan. Bu gapdan keyin kulganmiz. Keyin bu gap haqiqatligi haqida o'ylay boshlaganman. Chunki uning gol urish qobiliyati shunchaki ajoyib. U kerakli vaqtda kerakli joyda bo'la oladi".
Eslatib o'tamiz, kelayotgan hafta yakunida ular o'z jamoasi bilan "Lester"ga qarshi saf tortishadi.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
192