Pochettino Ramos haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 123

«PSJ» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ispaniyalik himoyachi Serxio Ramosning holati haqida gapirdi.
«Afsuski, Ramos hali umumiy guruhda mashg'ulot o'tkazmayapti, lekin u bunga yaqin. Umid qilamanki, bu tezroq sodir bo'ladi. Biz uning tiklanishidagi yutuqlardan mamnunmiz.
U ajoyib chempion, uning saviyasi va iqtidoriga hech kim shubha qilmaydi.
Umid qilamanki, u Ispaniya terma jamoasiga qaytadi. Bu savol Luis Enrike uchun. Hech shubha yo'qki, Ramos eng yaxshi formada bo'lgan payt,dunyoning eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri bo'ladi», - deydi argentinalik mutaxassis.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
156