Rojers Gvardiolaning o'rnini egallamoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 155

«Lester» ustozi Brendan Rojers karerasi davomida qaerda ishlamoqchiligini aytib o'tdi. Bu haqda Goal.com portali jurnalistlari xabar berishdi.
Manbaga ko'ra, mutaxassis «Manchester Siti»ni boshqarishni xohlaydi. Brendan 2023 yilning yozida ispaniyalik Xosep Gvardiola jamoani tark etsa, uning o'rnini egallashga tayyor ekanligi aytgan. Ungacha Rojers hozirgi klubida qolishni rejalashtirmoqda. Murabbiyning «tulkilar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2025 yilning o'rtalariga qadar hisoblangan.
Angliya Premer-ligasida o'tkazilgan etti tur natijalariga ko'ra, «Lester» sakkiz ochko to'plab, turnir jadvalida 13-o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159