Adnan Hamad: «O'zbekiston ustidan qozonilgan g'alaba muhim musobaqa oldidan bizga ishonch beradi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 114

Iordaniya milliy jamoasi bosh murabbiyi Adnan Hamad O'zbekistonga qarshi bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi (3:0) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
"Natijadan xursandmiz. Bu bahs oldinda bizni kutayotgan "FIFA Arab Cup" musobaqasiga qay darajada tayyor ekanimizni ko'rsatib berdi. Ushbu g'alaba futbolchilarimizning o'ziga ishonchini oshiradi. Hozircha to'g'ri yo'ldan ketyapmiz. Keyigi oyda ham o'rtoqlik uchrashuvlari orqali turnirga yaxshiroq tayyorlanish imkoniyatiga egamiz", — dedi iroqlik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, "FIFA Arab Cup" musobaqasi shu yilning 30 noyabr - 18 dekabr kuni Qatar mamlakatida o'tkaziladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
151