"Kavani Ronaldu sabab "MYu"dan ketishi kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

Urugvay terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Gustavo Poyet Krishtianu Ronaldu kelganidan buyon juda kam vaqt o'ynagan "Manchester Yunayted"dagi Edinson Kavanining qiyin ahvolini tahlil qildi.
"Ronaldusiz u "MYu"da asosiy hujumchi sifatida o'ynagan bo'lardi. "Yuventus"ning qarori faqat bir kishiga zarar etkazdi - bu Kavani edi. Balki u yanvar oyida boshqa klubga o'tishi kerakdir. Edinsonning hozirgi holatini ko'rish juda qiyin, chunki u deyarli o'ynamayapti", - dedi Poyet "TalkSport" nashriga bergan intervyusida.
Kavani joriy mavsum Premer-ligada uchta o'yin o'tkazdi va maydonda har bir o'yin uchun o'rtacha 34 daqiqa sarfladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
153