So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Sport federatsiyalari MOQqa yillik hisobot taqdim etishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 8982
Xabaringiz bor, Milliy olimpiya qo'mitasida sport federatsiyalari bilan hamkorlikda Tokio 2020 Olimpiadasiga atab ishlab chiqilgan strategiya muhokama qilinmoqda. Bungacha yurtimizdagi ko'plab sport federatsiya va assotsiatsiyalari Olimpiya o'yinlari uchun ishlangan rejalari bilan MOQni tanishtirishdi.
Bu safargi yig'ilish O'zbekiston o'q otish sporti, shuningdek O'zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi vakillari bilan o'tkazildi.
O'q otish sporti federatsiyasi vakillari bilan uchrashuvda yil davomida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Jumladan, federatsiya bosh kotibi Jaloliddin Atabullaev bu yil viloyatlarda ochilgan bo'limlar, xalqaro miqyoda olib borilgan ishlar, moddiy texnik bazani kuchaytirish bilan bog'liq masalalar yuzasidan ma'lumot berdi. Shuningdek, murabbiylar malakasini oshirish bo'yicha tashkil etiladigan seminar haqida gapirib berdi.
O'zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi mutasaddilari bilan o'tkazilgan yig'ilishda ham tashkilotning yil davomida amalga oshirgan ishlari tahlil qilindi. Bundan tashqari, reyting turnirlarini muvaffaqiyatli o'tkazib, Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik ko'rish masalalari muhokama qilindi. Terma jamoa sportchilari uchun tashkil etiladigan mashg'ulotlar uslubi eskirganligi, bu borada jahonda etakchi mamlakatlar tajribasini tatbiq etish lozimligi qayd etildi. Shuningdek, terma jamoa uchun yangi nomlarni jalb qilish kerakligiga e'tibor qaratildi.