"Man Siti" yulduzi dunyoning eng ko'p maosh oladigan yosh futbolchilaridan biriga aylanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 115

"Manchester Siti" tez orada yarim himoyachisi Fil Foden bilan yangi shartnoma imzolaganini e'lon qiladi.
Tomonlar oktyabr oyidagi FIFA kunlaridan oldin yangi shartnoma borasida kelishib olishgan.
Yangi shartnoma 2026/2027 yilgi mavsum oxirigacha tuziladi va unda Foden dunyoning eng ko'p maosh oladigan yosh futbolchilaridan biriga aylanadi.
Fil oxirgi marta "shaharliklar" bilan 2018 yil oxirida shartnomani uzaytirgan edi. Futbolchi amaldagi shartnomasi 2024 yil iyun oyining oxirigacha ham amal qiladi.
Eslatib o'tish kerak, 21 yoshli yarim himoyachi "Manchester Siti" tarkibida hozirgacha 130 o'yin o'tkazishga muvaffaq bo'ldi. Futbolchi hisobida 33 gol va 24 ta golli uzatma bor.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
159