Pochchetino bunga umid qilmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 113

"PSJ" bosh murabbiyi Maurisio Pochettino hujumchi Kilian Mbappe jamoada qolishiga umid bildirdi.
"Klub Mbappe qolishi uchun hamma narsani qiladi. Men bunga shubhalanmayman, Kilian Messi yoki Krishtianu darajasiga bemalol chiqa oladi", - deya Pochettino so'zlaridan iqtibos keltirgan "COPE" nashri.
Ma'lumot uchun, 22 yoshli futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozigacha mo'ljallangan.
Qayd etish kerak, 2021/22 yilgi mavsumda Mbappe parijliklar safida 11ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urdi va 5 golli uzatmani amalga oshirdi.
Avvalroq, «Real Madrid» Frantsiya terma jamoasi futbolchisini sotib olmoqchi ekani haqida bir necha bor xabar berilgandi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
188