«Arsenal» niderlandiyalik iqtidorni nishonga olgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 180

«Bryugge»ning 22 yoshli vingeri Noa Lang faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Voetbal 24 xabar beradi.
Manbaga ko'ra, «kanonirlar» «Bryugge» futbolchisi uchun 30 million evro to'lashga tayyor. Kelishuv yanvar oyida, qishki transfer oynasi ochilgan paytda amalga oshishi mumkin.
2021/2022 yilgi mavsumda Lang Belgiya chempionatida «Bryugge» tarkibida 10 ta o'yin o'tkazdi. Yosh gollandiyalik futbolchining hisobida 3 ta gol va 4 ta golli uzatma bor.
Shuningdek, «Arsenal»dan tashqari, Langning xizmatlariga «Lids Yunayted» ham qiziqish bildirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
176