Lukakuning agenti: "Inter" hamon Romeluning yuragida"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 111

"Chelsi" hujumchisi Romelu Lukakuning agenti Federiko Pastorello, futbolchi hali ham "Inter" o'yinlarini kuzatayotganini aytdi.
"Inter" hamon Lukakuning yuragida. Odamlar xohlagan narsani aytsin, lekin bu shunday. U nafaqat his-tuyg'ulariga, balki karierasining turli jihatlariga e'tibor qaratishlari kerak. Romelu Londonda baxtli, u "Chelsi"ga bor e'tiborini qaratadi, lekin baribir "Inter" va ularning o'yinlarini katta muhabbat bilan kuzatib boradi" , - deya Pastorelloning so'zlaridan iqtibos keltirgan "CalcioMercato" nashri.
Eslatib o'tamiz, 2021 yil avgust oyida belgiyalik "Inter"dan "Chelsi" safiga o'tdi. Joriy mavsumda futbolchi Angliya chempionatida 6 o'yin o'tkazib, 3ta gol urdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
239