JCh-2022. Senegal va Marokash keyingi bosqichda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 138

Afrika qit'asida ham saralash bahslari qizg'in davom etdi. Unda bir nechta jamoalar o'z guruhida ajoyib ko'rsatkichlar qayd etishdi. Senegal va Marokash ham ana shunday natijalarga ega termalardir.
Senegal so'nggi uchrashuvida Namibiyani 3-1 hisobida engib, hal qiluvchi, uchinchi raundga yo'l olgan bo'lsa, Marokash Rabot shahrida Gvineya terma jamoasini mehmon qildi va raqibni 4-1 hisobida er tishlatdi.
Bu bilan Marokash o'z guruhida yuz foizlik natija bilan keyingi bosqichga o'tdi. Shimoliy afrikaliklarning bu borada natijasi quyidagicha:
-4 ta o'yin;
-4 ta g'alaba;
-3 ta quruq o'yin;
-14 ta gol.
Manba: futaa.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
431