Pedri yana jarohat oldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 159

"Barselona" va Ispaniya milliy jamoasi yarim himoyachisi Pedri jarohat tufayli safdan chiqdi, deya xabar tarqatdi International Business Times.
Manbaga ko'ra, futbolchi Ispaniya termasi safida jarohat oldi. Ushbu jarohat tufayli u La liga doirasida "Valensiya" va Chempionlar ligasi doirasida "Dinamo Kiev"ga qarshi bahslarda ishtirok etmaydi. Pedri 24 oktyabr kuni bo'lib o'tadigan "el-klasiko"gacha tayyor bo'lishi mumkin.
18 yoshli futbolchi joriy mavsumda "Barsa" safida 4ta o'yinda ishtirok etdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
187