Paralimpiya o'yinlari chempioni uzoq muddatga diskvalifikatsiya qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 129

Nigeriyalik para pauerliftingchi Pol Kexinde antidoping qoidalarini buzgani uchun jazoga tortildi. Uning 2020 yil mart oyida topshirgan doping sinamasida taqiqlangan modda aniqlandi.
Xalqaro Paralimpiya qo'mitasi sportchini 30 oyga diskvalifikatsiya qildi. Endi Kexinde 2020 yilning 9 martidan 2022 yilning 8 sentyabriga qadar bo'lgan muddatda o'tkaziladigan barcha musobaqalarda ishtirok eta olmaydi.
Ma'lumot uchun, Pol Kexinde erkaklar o'rtasida -65 kg vazn toifasida Rio-2016 yozgi Paralimpiya o'yinlari chempioni hisoblanadi. Bundan tashqari u 2017 yil Meksikada o'tkazilgan jahon chempionatida ham oltin medalni qo'lga kiritgan.
Manba: paralympic.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
193