"Arsenal" futbolchisi Londonga qaytmoqchi emas
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 165

"Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin o'zining "Betis"dagi ijara muddati tugagach, Londonga qaytmasligiga ishora qildi. U bu haqda shunday deydi:
"Agar men keyingi yili bu erda bo'lishni istamaganimda, hozir bu erga kelmagan bo'lardim. Qaror qilinishi kerak bo'lgan narsalar ko'p va men bu erda ekanimdan baxtiyorman. Menga Ispaniya yoqadi. Kelajakda esa, nima bo'lishi kerak bo'lsa, sodir bo'ladi".
26 yoshli Belerinning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi bu mavsum so'ngida yakunlanadi. Shu sabab klub uni yanvar oyida sotishi yoki yozda tekinga qo'yib yuborishi kerak bo'ladi.
Manba: teamtalk.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
205