JCh-2022da ofsayd avtomatik tarzda aniqlanadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 140

FIFAning futbolni rivojlantirish departamenti boshlig'i Arsen Venger JCh-2022dan boshlab ofsaydni avtomatik ravishda aniqlash tizimi joriy qilinishini aytib o'tdi.
«Biz qaror qabul qilishda, ayniqsa, ofsaydni qayd etishda tezkorlikni oshirishda o'sishga erishishimiz kerak. 2022 yilgi jahon chempionatida bu masalada juda tezkor qabul qilishimiz mumkin. Natijada o'yin kamroq to'xtatiladi, axir VARni shunda ayblashayotgan edi.
Katta ehtimol bilan ofsaydni aniqlash tizimi JCh-2022da avtomatlashtiriladi. Men buni sir saqlashim kerak, ammo bu hakamlikdagi navbatdagi katta yutuq bo'ladi», — dedi Venger.
Eslatib o'tamiz, Qatardagi Mundial 2022 yilning 21 noyabridan 18 dekabriga qadar bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
225