«Nyukasl» «MYu» va «Arsenal» futbolchisini sotib olmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 166

Angliyaning «Nyukasl» klubi qishki transferlar mavsumida bir qancha xaridlarni amalga oshirmqchi. Bu haqda todofichajes.com nashri xabar bermoqda. Manbada aytilishicha, «qarg'alar» «Arsenal» hujumchisi Aleksandr Lyakazett va «MYu» futbolchisi Jessi Lingardni sotib olish haqida o'ylamoqda.
Londonliklar frantsuz futbolchisini sotishga qarshi emas, sababi kelasi mavsum uning shartnomasi yakuniga etadi. Shuning uchun, «kanonirlar» qishda futbolchini sotib yubormoqchi.
«Manchester Yunayted» bilan ham shu holat. «Qizil iblislar» yaxshi taklif bo'lsa, Jessini sotishi mumkin. Chunki, ingliz futbolchisi murabbiy Ole-Gunnar Sulsher rejalariga kiritilmagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219