Pukki Finlyandiya terma jamoasi rekordchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

Finlyandiya terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichi doirasida Qozog'iston mehmoni bo'lib, 2:0 hisobida g'alaba qozondi.
Finlarning har ikkala goliga hujumchi Teemu Pukki mualliflik qildi va uning terma jamoa safidagi gollari soni 33taga etdi. Natijada u Finlyandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to'purarga aylandi. "Norvich" forvardi bu natijaga 98ta o'yinda erishdi.
Bu boradagi avvalgi rekord Yari Litmanenga tegishli edi. U Finlyandiya safidagi 137ta uchrashuvda 32ta gol muallifiga aylangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230