Albaniya - Polsha uchrashuvi 20 daqiqaga to'xtatildi. Muxlislar polyaklarga shisha idishlar otishdi (+Foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 149

2022-yilgi jahon chempionati Albaniya - Polsha saralash o'yini tribunadagi tartibsizliklar tufayli vaqtincha to'xtatildi.
Polshalik hujumchi Karol Shviderski 77 -daqiqada hisobni ochdi.
Shundan so'ng, Polsha terma jamoasi futbolchilari burchakdagi bayroq oldida golni nishonlashayotganda, mezbon muxlislar ularga shisha otishni boshlashdi.

Bosh hakam Kleman Tyurpen o'yinni to'xtatdi va ikkala jamoa ham kiyinish xonalariga yo'l olishdi.
20 daqiqadan so'ng futbolchilar maydonga qaytishdi va o'yin davom etdi. Yakunda Polsha uchrashuvda g'alabaga qozondi - 1:0.
Manba: Sports.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223