Daniya terma jamoasiga «fair play» sovrini topshirildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 110

Daniya terma jamoasi "World Fair Play Trophy" sovriniga egasiga aylandi. Bu haqda UEFA matbuot xizmati xabar tarqatdi. Daniyaliklarga ushbu sovrin Evro-2020dagi ishtiroki uchun taqdim etildi.
Daniya va Finlyandiya terma jamoalari o'rtasidagi bahsda yarim himoyachi Kristian Eriksen hushdan ketib maydonga quladi va futbolchining yuragi bir necha daqiqaga to'xtab qoldi. Ko'rsatilgan tibbiy yordam natijasida Eriksenning hayoti saqlab qolindi. Keyinchalik futbolchiga kardiostimulyator o'rnatildi.
Oradan 3 oy o'tib Kristian futbolga qaytish ishlarini boshlamoqchi. Eriksen oktyabr oyida shifokorlar nazorati ostida individual mashg'ulotlarni boshlaydi.
Daniya terma jamoasi Evro-2020 guruh bosqichining dastlabki 2ta o'yinida yutqazganiga qaramay, uchinchi o'yinda g'alaba qozondi hamda pley-off bosqichiga chiqishga muvaffaq bo'ldi. Jamoa yarim finalgacha etib borib, final ostonasida Angliyaga qo'shimcha bo'limlarda imkoniyatni boy berdi (1:2).

Bosh sahifaga
228