"Everton" Frantsiya terma jamoasi futbolchisiga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 109

"Betis" yarim himoyachisi Nabil Fekir "Everton" qiziqishlari doirasiga tushib qoldi, deya xabar bermoqda Ispaniyaning "Estadio Deportivo" nashri.
Ma'lumotlarga ko'ra, mersisaydliklar keyingi transfer oynasida o'z tarkibini kuchaytirmoqchi va frantsiyalik yarim himoyachini sotib olishga harakat qiladi.
Fekir 2019 yilda "Liverpul"ga o'tishi mumkin edi, ammo keyinchalik tibbiy ko'rik natijasida transfer so'nggi pallada buzildi.
Eslatib o'tamiz, Fekirning "Betis" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning iyunigacha mo'ljallangan.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
350