Shotlandiya terma jamoasining sobiq o'yinchisi - "Nyukasl"ning yangi murabbiyi haqida: "Lempard bu klubga 100 foiz mos keladi"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

"Reynjers" va Shotlandiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alli Makkoyst "Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard "Nyukasl Yunayted"ning hozirgi bosh murabbiyi Stiv Bryusni almashtirish uchun eng yaxshi tanlov deb hisoblaydi.
"Agar "Nyukasl" Frenk Lempard kabi yosh murabbiyga e'tibor qaratsa, to'g'riroq bo'ladi. Menimcha, u klubning rejalariga 100% mos keladigan murabbiy", - deya Makkoyst so'zlaridan iqtibos keltirgan "TalkSport" telekanali.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni hukumati davlat investitsiya jamg'armasi klub uchun 3ta murabbiy nomzodini o'rganayotgani haqida xabar berilgan edi. Dortmundning "Borussiya" klubi sobiq murabbiyi Lyusen Favr, "Chelsi'ning sobiq ustozi Frenk Lempard va "Roma"ning avvalgi bosh murabbiyi Paulu Fonseka Bryusning o'rnini ingliz jamoasida egallashi mumkin.
Manba: Championat.com
Bosh sahifaga
342