Insine katta maosh so'ramoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

"Napoli" yarim himoyachisi Lorentso Insine kelasi transfer mavsumida klubini o'zgartirishi mumkin, bu haqida "La Gazette Dello Sport" xabar berdi.
30 yoshli italiyalik futbolchining neapolliklar bilan shartnomasini joriy mavsum oxirida yakuniga etadi. "Napoli" kelishuvni uzaytirmoqchi, ammo hozircha tomonlar murosaga kela olmayapti.
Qayd etilishicha, Neapol klubi futbolchiga yiliga 4,6 million evro maosh bilan shartnoma taklif qilmoqda, lekin futbolchining o'zi bonuslar bilan birga 7 million evro so'ramoqda.
Joriy mavsumda Insine to'qqizta o'yinda maydonga tushib, 2 gol urdi va 3ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355