Ibragimovichning tiklanishi kechikmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 100

"Milan" hujumchisi Zlatan Ibragimovichning tiklanishi kechikmoqda, deya xabar beradi "La Gazette Dello Sport".
Futbolchi xalqaro uchrashuvlar tanaffusidan so'ng darhol maydonga qaytishi kutilgan edi. Biroq, shved haligacha Axilles tendonining shikastlanishidan to'liq tiklana olmadi.
Ibragimovichning "Verona"ga (16 oktyabr) qarshi o'yinda ishtirok etishi dargumon. Uning qaytishi Chempionlar Ligasida (19 oktyabr) "Portu" bilan o'yinga to'g'ri kelishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, bu mavsumda 40 yoshli hujumchi 1 o'yinda maydonga tushib, 1 gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
355