Investitsiya fondlari «Barselona»ga supertransferni amalga oshirishga yordam berishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

«Barselona» Dortmundning «Borussiya» klubi norvegiyalik hujumchisi Erling Xolandga qiziqish bildirishda davom etmoqda, chunki klub jiddiy moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
Sport nashrining yozishicha, «ko'k-anorranglilar» rahbariyati yozda yosh hujumchini sotib olmoqchi.
Manbaga ko'ra, bu yil Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta norvegiyalikning otasi hamda agenti bilan uchrashgan.
Ma'lum bo'lishicha, Kataloniya klubida bir nechta sarmoyaviy fondlarning takliflari bor va ular klubga Xoland bilan shartnoma imzolashda yordam berishga tayyorligini ko'rsatgan.
Biroq, norvegiyalik hujumchining ish haqi bo'yicha yuqori talablari «Barselona» uchun jiddiy to'siq bo'lib qolishi mumkin.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377