Bugun terma jamoamiz yubiley golini kiritishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 108

O'zbekiston terma jamoasining Malayziya ustidan qozongan g'alabasi terma jamoamiz uchun o'rtoqlik uchrashuvlaridagi 50-g'alaba bo'ldi, deb xabar beradi Alisher Nikimbaev telegram sahifasi orqali.
Ammo bugun O'zbekiston milliy terma jamoasi yana bir muhim, yubiley ko'rsatkichiga erishish imkoniyatiga ega. Jamoamizning birinchi goli jamoa tarixidagi 500-gol bo'ladi.
Hozircha O'zbekiston milliy terma jamoasi 285 uchrashuv o'tkazib, shulardan 135 tasida g'alaba qozongan, 55 durang va 95 mag'lubiyatga uchragan. Umumiy to'plar farqi 499 - 330, deb qo'shimcha qilinadi xabarda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377