Jiru "Chelsi"ni qanday tark etganini esladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

"Milan" hujumchisi Olive Jiru "Chelsi"dan ketish qiyin bo'lganini aytdi.
"Men bu klubda uch yarim mavsum o'tkazdim."Arsenal"da o'tkazgan davrlarim yaxshi edi, lekin "Chelsi"da bundan ham yaxshiroq payt bo'ldi, chunki men bu klubda katta unvonlarni qo'lga kiritdim. U erni tark etish qiyin kechdi. Men uch oy o'ynamadim. Ketishim va yangi sarguzashtlarni boshlash kerakligini tushundim. Bu eng to'g'ri qaror edi", - deya Jiru so'zlaridan iqtibos keltiradi "TalkSport".
Eslatib o'tamiz, 35 yoshli frantsuz o'tgan yozda londonliklar safidan "Milan"ga ko'chib o'tgan edi.
Bu mavsumda u jamoa uchun barcha turnirlarda 5ta o'yin o'tkazdi va 2 gol urdi.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
375