"Nyukasl" bosh murabbiyi tez orada iste'foga chiqadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 131

"Nyukasl" bosh murabbiyi Stiv Bryus tez orada o'z lavozimidan chetlatiladi, deya xabar beradi Angliyaning "Sky Sports" nashri.
Xabarlarga ko'ra, murabbiy APL 8-turining "Tottenxem" bilan o'yin oldidan iste'foga chiqariladi.
Klub yangi bosh murabbiy qidirishdan oldin yordamchi Bryus Grem Jonsdan jamoani vaqtincha boshqarishni so'raydi.
Boshqaruv lavozimiga nomzodlar orasida "Brayton"dan Grem Potter, "Reynjers"dan Stiven Jerrard va "Chelsi"ning sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard o'rin olgan.
Eslatib o'tamiz, Premer-liganing 8-turidan so'ng, "Nyukasl" 3 ochko bilan turnir jadvalining 19-o'rinda bormoqda.
Manba: Sport-Express.ruFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
377