«Manchester Yunayted» hujumchisi Niderlandiya klubiga ijaraga berilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 137

The Sun nashrining xabar berishicha, «Manchester Yunayted» hujumchisi Amad Dialloga Niderlandiyaning «Feynoord» klubi qiziqish bildirmoqda. Gollandiya klubi futbolchini ijaraga olish variantini ko'rib chiqmoqda.
Manbaga ko'ra, 19 yoshli forvard bilan kelishuv keyingi transfer oynasida amalga oshishi mumkin. Qizig'i, Diallo o'tgan yili ham «Feynoord»ga o'tishi mumkin edi.
7-turdan so'ng «Feynoord» 15 ochkoga ega va beshinchi o'rindan joy olgan. Agar klub keyingi o'yinda g'alaba qozonsa, turnir jadvalida ikkinchi o'ringa o'tishi mumkin bo'ladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210