«PSJ» Nunu Mendesh transferini to'liq faollashtirmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 124

«PSJ» himoyachi Nunu Mendeshning huquqlarini sotib olishni o'ylamoqda, deya xabar beradi jurnalist Fabritsio Romano.
Manbaning xabariga ko'ra, parijliklar rahbariyati futbolchining o'yinidan mamnun va «Sporting»dan 40 million evroga shartnomadagi sotib olish bandini faollashtirishga tayyor. Kelishuv yozgi transfer oynasida yakuniga etadi. Klub ijara uchun 7 million evro to'lagan.
Mendesh frantsuz klubiga 2021 yil 1 sentyabrda qo'shilgan. Joriy mavsumda 19 yoshli portugaliyalik «PSJ» safida 6ta o'yinda maydonga tushgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210