«Inter» o'z etakchisi bilan shartnoma uzaytirishga yaqin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 128

«Inter» yarimhimoyachisi Martselo Brozovich bilan shartnomani uzaytirishga yaqin turibdi, deydi jurnalist Nikolo Skira.
Manbaning xabariga ko'ra, klub 14 oktyabr kuni 28 yoshli xorvatning otasi bilan uchrashib, yangi shartnoma bo'yicha muzokara o'tkazadi. Ma'lum qilinishicha, futbolchi 2025 yilgacha shartnoma imzolaydi va maoshi 4,5 million evro etib belgilaydi.
Brozovich «Inter»da 2015 yilning yanvaridan buyon o'ynaydi. 2021/22 yilgi mavsumda futbolchi 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yil iyun oxirigacha belgilangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
327